Qurʼon (Quran in Uzbek) (Коран на узбекском)
Qurʼon (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Q. vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 y.lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Q. "Kitob" (yozuv), "Furqon" (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), "Zikr" (eslatma), "Tanzil" (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, "Nur" (yorugʻlik), "Hudo" (hidoyat), "Muborak" (barakotli), "Mubin" (ochiq-ravshan), "Bushro" (xushxabar), "Aziz" (eʼzozlanuvchi), "Majid" (ulugʻ), "Bashir" (bashorat beruvchi), "Nazir" (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Q. mushaf nomi bilan ham mashhur. Ulamolar Q.ning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Q. nozil boʻlishi mil. 610 y. boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka sh. yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta "Iqraʼ" ("Oʻqi") deb boshlanuvchi "Alaq" surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Q.ning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.
熱門國家 | 系統支援 | 版本 | 費用 | APP評分 | 上架日期 | 更新日期 |
---|---|---|---|---|---|---|
未知 | Android Google Play | 1.0 App下載 | 免費 | 1970-01-01 | 2015-06-08 | |
台灣 Taiwan | Android Google Play | 1.0 App下載 | 免費 | 2014-02-01 | 2015-01-14 |